Qaysi turdagi qizlardan uzoqroq yurish kerak. Ayollar haqida

Qizlar

Qaysi turdagi qizlardan uzoqroq yurish kerak. Ayollar haqida

 

Ko’pchilik insonlar qizlar haqida maslaxat berishni yaxshi ko’rishadi. Biroq qaysi turdagi qizlardan uzoqroq bo’lish xaqida hech kim gapirishni xoxlashmaydi.

Shunday qizlar borki ular bilan munosabat qurish sizga juda kotta zarazlar yetkazishi mumkun Ushbu video orqali siz 5 ta turdagi qizlar haqida bilib olishingiz mumkun.

1 Men ozimni va sizning pullaringizni sevaman

Bunday qizlar erkakni sog’in sigir deb o’ylashadi, pul berish kamaysa yoki to’xtasa boshqa kistasi qappaygan erkaklar qo’yniga uchib ketishlari hech gap emas. Qoidaga ko’ra, bunday qizlar kichik guruhlarga shaharning qahvaxonalarida yig’ilib, o’zlarining o’ljalarini poylashadi. Topganida esa ularni ossonlikcha ilintirib olishadi.

Bu turdagi qizlar o’zlarining tashqi ko’rinishlariga etibor berishadi qanchalik chiroyli va ochiq kiyinsam shuncha chiroyli ko’rinaman deb o’ylashadi. Ularning fikriga ko’ra yaxshi ko’rinish bu bir kasb shu sababli ularga pardoz andoz kiyim kechaklar uchun boy erkaklar kerak bo’ladi.

2 Har narsadan nolidigan qizlar

Bunday ayol uchun hayot haqiqiy jang maydonidir, u fojia qahramoni bo’lib, har kuni o’zi atrofidagi dunyoning nomukammalligi bilan kurashadi. Bunday qiz bilan munosabatda bo’lsangiz har doim shikoyatlar, tungi norozilik qo’ng’iroqlari va tinmay nolishlarga ega bo’lasiz. Bunga sabab uning hayoti doimiy to’siqlar va abadiy nolishlar bilan o’tishida. U har doim boshqalarga qaraganda ko’proq ish qiladi va eng ko’p azob chekadi.

Bu turdagi qizlar kichkina narsadan fil yasashni yoqtiradi. Hamma unga qarshi ish qiladi deb o’ylaydi, yaqinlari unga bamisoli dushman unga zarar yetkazishni yaxshi ko’radi deb o’ylaydi. Dunyo vechna unga qarshi, moboda bu turdagi qizni yoqtirib qolsangiz uning navbatdagi bosh og’rig’iga aylanasiz va sizdan ham dushman yasab oladi.

 

3. Sizning aksingiz

Biz shunchalik har xil fikirlaymizki birga bo’lganimdan afsuslanaman. Bu so’zni siz munosabatlaringiz 1 yildan oshmasdan eshitishingiz mumkun. Turmush bu har xil sinovlardan iborat agar siz tanlagan qizning dunyo qarashi siznikdan mutloqa teskari bo’lsa bunday juft bo’lganidan bo’lmagan yaxshi.

Ehtimol, siz qizni o’zgartirib, uni o’zingiz xohlagan yo’lga solaman deb o’ylasangiz adashasiz, odamlarni o’zi xoxlamagan narsasiga majburlash hammaning qo’lidan kelavermaydi.

4. Sevgidan jinni bo’ladigan qizlar

Bu turdagi qizlar sizni shunchalar sevadiki hatto urishib qolsangiz jonlariga qasd qilishlari mumkun. Ular sizga kuniga 100 marta xat yozishadi, soatiga qo’ng’iroq qilish, qaerda ekanligingizni tekshirish va hatto shahar bo’ylab harakatlaringizni kuzatib borishadi. Xabarga 20 daqiqada javob bermadingizmi? Siz sevmaysiz, munosabatlar siz uchun hech narsani anglatmaydi! Ishda kechikdingizmi? Xiyonat qilayabsiz!

Har bir narsada mayor bo’lganidek sevgida ham mayor bo’lishi kerak ekan. Haddan ortiq rashq qilishlar va shu kabi harxashalar erkaklarni to’ydirib yuboradi va oxir oqibat ajralishlarga olib keladi.

5. Hammani oldida uylatiradigan qizlar

Bunday munosabatlarni qo’pol qilib aytganda xotinidan qo’rqadigan kabluk erkaklar deyiladi. Siz uning turmush o’rtog’ yoki sevgan yigiti emas sumkachasiga aksessuar bo’lishingiz mumkun. Qanday bo’lmasin, ular sizga o’z so’zlarini o’tkazishga xarakat qilishadi.

Bu turdagi qizlar bilan siz yelkangizni kerib mag’rur yura olmaysiz. Har qanday davrada sizni yer bilan bitta qilishlari mumkun.

Shu o’rinda bir maslaxat o’zingizga bo’lgan ishonchni so’ndiradigan insonlardan uzoqroq yuring. Bu omadsiz insonlar qo’lidan keladigan ish. Buyuklar esa siz bundanda ko’proq narsaga erish olasiz deb maslaxat beradi.

 

(Visited 2 720 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика