Gepatit B ter orqali yuqishi mumkin.
Futbol, basketbol va kurash kabi tana bilan yaqin aloqada bo‘lgan sport turlarida gepatit B virusini ter orqali yuqish xavfi borligi ma’lum qilingan.
izmir Jalol Bayar universiteti tadqiqotchilari tomonidan 70 nafar turk kurashchi tekshirilgan holda olib borilgan tadqiqotda har bir kurashchidan qon va ter namunalari olindi. DNK testlari shuni ko’rsatdiki, sportchilarning 13 foizi gepatit B virusini qonida va 11 foizi terida tashuvchidir.
Turkiyalik tadqiqotchilar, tana bilan yaqin aloqada sport bilan shug‘ullanuvchi sportchilar gepatit B testidan o‘tishlari kerakligini ta’kidlab, virus yuqish xavfini minimallashtirish uchun emlash zarurligini ta’kidlamoqda.
Gepatit B virusi virusli odamning tana suyuqliklari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Umuman olganda, virusga chalingan odam bilan jinsiy aloqada bo’lish yoki u odamning in’ektsiya ignasini ishlatish virusning yuqishiga olib kelishi mumkin. Virus gepatit B bilan og’rigan onadan tug’ilish paytida bolasiga ham yuqishi mumkin.
Turk tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ushbu tadqiqot British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etildi.