Chekish ayollarda tug’ish ehtimolini kamaytiradimi

Salomatlik

Chekish ayollarda tug’ish ehtimolini kamaytiradimi.

 

Gollandiyalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, kuniga bitta sigaret chekadigan ayolning tug’ish ehtimoli hech qachon chekmaydiganlarga qaraganda 28 foizga kamayadi.

Natijalari Angliyaning mashhur Human Reproduction jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko’ra, chekuvchi ayollarning sog’lom tug’ish ehtimoli uchdan birga kamayadi.

Chekish ayolning reproduktiv yoshini kamida 10 yilga qisqartirishini ta’kidlagan golland olimlari, 30 yoshli chekuvchi ayolning hech qachon chekmagan 40 yoshli ayolning tug’ish muammolarini boshdan kechirishini ma’lum qildi.

Olimlar farzand ko‘rishni xohlovchi ayollarga natijalarga jiddiy yondashishni va imkon qadar tezroq chekishni tashlashni maslahat berishdi.

(Visited 19 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Яндекс.Метрика