Yuz tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot
Yuz tushda Ibn Sirin: Uning qoraligi ta’vilda dinni tark qilishda rah barlik qilishga dalolat qiladi. Kimning yuzi qoraysa va oq kiyim kiyib olgan bo’lsa, qizli bo’ladi.
Mo’minlar amiri alMahdiy rohimahulloh bir kuni tush ko’rib yuzi qorayganini ko’rdi. Qo’rqib uyg’onib Ibrohim ibn Abdulloh alKirmoniyni chaqirtirdi. Ibrohim hazratlari Sherjon degan joydan etib kelgach, unga ko’rgan tushini aytib berdi.
Ibrohim hazratlari: tez orada qizli bo’lasiz, deb yuqoridagi oyati karimani o’qidi. Darhaqiqat, shu kecha xalifa alMahdiy qizli bo’ldi. Bun dan xursand bo’lib, Ibrohim hazratlariga ko’p mukofotlar berdi.
Kimning yuzi qora, kiyimi iflos bo’lsa, uning tushi Allohga yolg’on to’qiganiga dalolatdir. Hikoya qilinishicha, bir odam Ibn Sirinning oldiga kelib: qora rangli o’lik ustida bir kishi tik turib uni yuvayotganini ko’rdim, dedi. Ibn Sirin: uning o’lishi kofir bo’lmog’i, qoraligi moli, o’lik yuvg’uchi esa uning molidan aldovchi odamdir, dedilar.