Yig’lash tushda

Yig’lash tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Yig’lash tushda Ibn Sirin: U xursandchilik, qalbni isloh etish, safarga chiqish yoki uylanishga dalolat qiladi. Shuningdek, ko’zyoshi oqizib yig’ lashlik kulish va xursandchilikdir.

Agar ohvoh qilib, baqirib, shikoyatli tovushlar bilan yig’lasa, musibat va g’amanduhdir. Kim o’zini o’lik odamlar orasida ko’rsa, munofiq odamlar orasida bo’lib, ularni yaxshilikka chaqiradi, ular esa gapga kirishmaydi, degan.

Kim mayit holida ular bilan birga qolganini ko’rsa, bid’at ish ustida o’ladi yoki safarga chiqib qaytib kelmaydi. Ular bilan bir ga aralashib yurish yoki ularni ushlash yaxshi emas.

Hikoya qilinishicha, kim mayit bilan suhbatdosh bo’lsa, uzoq safarga chiqib ko’p yaxshiliklarga erishadi. Shuningdek, mayitni tushida elkasiga ko’tarsa, ko’p molga etishadi.

Boshliqning o’lganini ko’rish uning ishdan ketishiga dalolat qiladi. O’likning alahsirayotganini ko’rishda yaxshilik yo’q. AnNobulsiy:

Tushda yuziga urib, liboslarini yirtib yoki shu kabi harakatlar bilan yig’lash o’ngida ham shunday bo’lishiga dalolat qiladi. Alloh taolodan qo’rqqanidan, Qur’on eshitganidan yoki qilgan gunohlariga nadomat qilgan holda yig’lasa, xursandchilik va dil xushlikka hamda g’amtashvish va mashaqqatlar ketishiga dalolatdir.

(Visited 6 154 times, 29 visits today)

Related posts

Leave a Comment