Vodiy tushda

Vodiy tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Vodiy tushda Nobulsiy: Tushda ko’rilgan vodiy sermashaqqat safar yoki u bilan murosa qilish qiyin bo’lgan o’jar kishi yoki musofirning safar muddati uzayib ketishiga dalolat qiladi.

Gohida solih amallarga va yaxshi infoqehson qilish bilan Alloh taologa qurbat hosil qilishga ham dalolat qiladi. Gohida u erda yashovchiga yo u erda ekiladigan ekinga dalolat qiladi.

Agar ko’rgan vodiysida daraxtlar bo’lsa, yo gullar yo xushbo’y hidlar yo zilol suvlar bo’lsa, yo o’sha erda yaxshi so’z eshitsa, u oliylik va martabaga erishishiga dalolatdir.

Agar podshohlikka sa lohiyatli kishi bo’lsa, podshoh bo’ladi va dushmanlari ustidan g’alaba qozonadi. Gohida podshohlarga yaqinlashishga va ularning huzurida martaba egallashiga dalolat qiladi. Agar mazkur tushni ko’ruvchi solih kishi bo’ladigan bo’lsa, undan ko’plab karomatlar zohir bo’ladi.

(Visited 314 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика