Uchish tushda

Uchish tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Uchish tushda Nobulsiy: Uyquda uchish safar qilishdir. Agar boshi pastga qarab uchsa, u rohat bilan safar qiladi. Agar safar qilmagan kishi uchsa, bekorchilikdir.

Agar kishi bir tepalikdan boshqa bir tepalikka uchsa, u baland martabadan yana ham baland martabaga ko’tariladi. U o’rinda gi kishining qadri baland, obro’yi ko’proq bo’ladi. Bir rivoyatda: tepalikdan murod ayol, deyilgan.

Kim ana shuni ko’rsa, bir ayoldan boshqa bir ayolga uylanadi. Agar ayol kishi tushida bir hovlidan bosh qa taniydigan kishining hovlisiga uchib o’tsa, u o’sha kishiga turmush ga chiqadi.

Kim o’zi taniydigan bir hovlidan o’zi tanimaydigan uzokdagi hovliga uchib o’tsa, o’sha kishining ajali etgan bo’ladi. Chunki u hovli oxirat diyoridir. Hibsdagi kishi agar tushida uchsa, qamokdan chiqadi.

Agar qul tushida uchsa, ozod etiladi. Agar qul to’siq va devorlardan uchib o’tsa, u egasidan qochadi. Bir rivoyatda: qanot bilan uchish safar qilish, demakdir. Agar qanotsiz uchish bo’lsa, u bir holatdan boshqa siga, bir makondan ikkinchisiga o’tishdir.

Musofir kishi tushida uchadigan bo’lsa, o’z yurtiga qaytadi. Bir rivoyatda, uning safari ko’p bo’ladi. Kim g’ururli va o’ziga tinch bo’lsa, uning tushidagi qush bo’lib, ko’rinishi botildir.

Kim bir kishi bilan musobaqalashsa va uchib, undan oshib ketsa, u unga qahr qiladi va o’zib ketgan kishining uchgan ligi uchun sha’ni ko’tariladi.

Ibn Sirin: Qanot bilan uchish quvvatdir. Bir qavmni asir qilib olish, behisob moldunyoga erishish, ularning diyorlarini fath qilish va dushmanlari ustidan zafaridir.

(Visited 3 262 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика