Tish tushda

Tish tushda Tush tabiri

Tish tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Tish tushda Ibn Sirin: Tishlar erkakning uyidagi ahli baytidir. Yuqori tishlar oiladagi erkaklardir. Pastki tishlar oiladagi ayollardir. So’yloq tishlar(nabun) uyining sayyididir.

O’ng tomondagi ikkita lik tish ota, chap tarafdagisi esa amakisidir. Agar ular bo’lmasa ikki aka(yo uka) yoki ikki o’g’ildir. Agar ular ham bo’lmasa, shafqatli ikki do’stdir. To’rttali tishlar amakisining o’g’lidir.

Inson kulganda ko’ri nadigan tishlar tog’alar va xolalardir. Yoki ularning o’rnini bosa oladigan qarindoshlaridir. Ikki tomonning orqasidagi to’rt yoki beshta oziq tishdan murod bobolar va kichik bolalardir.

O’ng tomondagi pastki ikki tishdan murod onadir. Chapdagisi esa ammadir. Agar ular bo’lmasa, ikki opasi, ikki qizi yoki ularning o’rnini bosuvchilardir. Kulganda ko’rinadigan pastki tishlartog’alar va xolalarning qizla ridir.

Tushda ba’zi tishlarning qimirlashi kasal odamlarga dalil bo’lsa, uning tushib ketishi vafot etishiga dalil bo’ladi. Qaysi tittt ni tushida yutib yuborsa, mazkur tishdan murod kim bo’lsa, o’sha odamga balo kelishi mumkin.

Tushda tishlarni birbiriga urishtirmog’i, ahli bayti orasida tortishuvga dalildir. Tishlari oppoq, uzun va chiroyli bo’lsa quvvat, ahli bayt uchun mol va ulug’lik belgisidir. Agar tushda ikkitalik tishga o’xshash tishlar o’sib chiqsa, oilasida ko’payishadi.

Agar tishlarni sindirib, kesib yuborayottan holda o’zini ko’rsa, qarin doshchilikni uzishga yoki majburan molini ularga infoq qilishga dalolat qiladi. Agar tishlarini tili bilan tupurayottan holda ko’rsa, gapi bilan ahli baytini ishlari fasod bo’ladi.

Tushda go’yo tishlari oltindan bo’lsa, bas agar ahli ilmlardan bo’lsa,tushi yaxshi, aksincha tushi maqtalmaydi. Chunki u ilm va uning ahllaridan boshqa narsada kasal yoki kuygan odamga dalolat qiladi. Agar tishlari go’yo kumushdan bo’lsa, bu moldagi ziyondir.

Agar oldi tishlari tushib o’rniga boshqa tishlar o’sib chiqqanini ko’rsa, ishlari va tadbirlari o’zgaradi. Ay tilishicha, kim yuqori tishlari qo’liga tushib ketganini ko’rsa, unga keladigan moludavlat, agar uni hujrasiga tushganini ko’rsa o’g’il farzandli bo’ladi.

(Visited 1 098 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика