Teri tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot
Teri tushda Nobulsiy: U insonning satra (ustki kiyimi)si va o’limi oldi dan va hayotlik payti meros qoldirgan molidir.
Kimning tushida qo’y terisi shilib olingani kabi terisi shilib olinsa va kasal bo’lsa, o’lishga dalolat qiladi.
Agar sog’lom odam bo’lsa, faqir bo’ladi. Tushda semirib, kuchli bo’lish o’ngida dini va iymonining quvvatli bo’lmog’idir. Agar jasadini ilon jasadi kabi ekanini tush ko’rsa, yashirib yurgan adovatni oshkor qiladi.
Kim o’zida qo’y dumbasi kabi dumba ko’rsa, rizqi ulug’ bola topib, u bilan birga yashaydi. Kim jasadini temir yoki sopoldan ekanini ko’rsa, o’ladi. Kim tushida terisini chiroyli holda ko’rsa, yaxshilik ka dalolat qiladi.
Agar mayitning terisi chiroyli bo’lib ko’rinsa, u ne’mat ichida ekaniga dalildir. Agar mayitning terimini g’aliz yoki qora rangda ko’rsa, azobda ekaniga dalolat qiladi. Tushda yuz ning qora bo’lishi dinni tark etishdagi boshliqlikdir. Kimga qora g’ulom hadya etilsa, yaxshi emas.
Kim qora xotinlarni ko’rsa, ko’p yaxshilikka erishadi. Qizil rang ta’vilda vajohatdir va farajdir. Aytilishicha agar qizil bilan birga okdik ham bo’lsa, uning sohibi azizlikka erishadi. Sariq rang kasallikdir.
Kim qora bo’lsa va tushida oqarib qolga nini ko’rsa unga zaiflik etadi. Agar jismi va yuzi qizargan bo’lsa, g’alaba va xursandchilikdan so’ng g’amga yo’liqadi.