Tarozi tushda korsa

Tarozi tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Tarozi tushda Nobulsiy: Tushda ko’rilgan tarozi o’lchov idishlarga dalolat qiladi. Bu ikkalasi ham so’zda, amalda, o’lchovda imon va adolat bilan ish ko’rish ga dalolat qiladi. Gohida tarozi ayolga ham dalolat qiladi. Shuningdek, qarzlarini ado qilish, nazrlariga vafo qilishiga ham dalolat qiladi.

Ish tarozisi muhandis va binokorga dalolat qiladi. Tegirmon tarozisi esa himmati, kasbi, so’zi va harakatlarida ulug’vor bo’lgan insonga dalolat qiladi. Suyak tarozi kasalmand, gung bolaga dalolat qiladi.

Mushk tarozi esa g’aflatdan ogohlashtirishga, qilgan ahdla ri to’g’risida nafsini hisobkitob qilishga dalolat qiladi. Tarozi o’sha shaharga yangi tayinlangan kuchli faqih qoziga ham dalolat qiladi.

Tarozi pallasi qozining masalalarni tinglashiga, tarozi palla sidagi dirhamlar esa xusumatchilarga dalolat qiladi. Zero, barcha xusumatchilarning so’zlarini tinglab qabul qiladi. Tarozi toshlari esa qozi ajrim qiladigan adolatlarga dalolat qiladi.

(Visited 357 times, 1 visits today)

Related posts

Leave a Comment