Son tushda

Son tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Son tushda Nobulsiy: U tushda kishining ahlidir. Kim tushida sonida noqislik ko’rsa, uning ahli yo’q g’arib kishi bo’ladi. Kim tushida sonida bir dard ko’rsa, ahliga yomonlik etadi.

Kim tushida soni ochilganligini ko’rsayu, u yopolmay qolsa, u najot topmaydi va ishi tugallanmaydi. Kim tushida soniga bir parcha go’sht yopishib qolganini ko’rsa, u o’zidan bo’lmagan farzandga nisbat beriladi.

U gohida tayanadigan mol, xo’jayin, ota, bola, xotin, er, kasb, ulov yoki kasbida foydalanadigan asbobiga dalolat qiladi. Gohida u mansub qabiladir. Kim tushida soni chiroyli bo’lgan ligini ko’rsa, son dalolat qilgan kishining holati yaxshiligiga dalo latdir.

Shuningdek, unda yomon ziyodalik bo’lsa, uning aksi bo’ladi. Ba’ zan sonning foydasi kamligi xotin yoki etikning foydasi yo’qligiga dalolat qiladi. Gohida son namozga, uni qiyomiga etkazish va namozda songa o’tirishga dalolat qiladi. Gohida u kishini sakdaydigan libos, tayyorgarlik yoki ustiga o’tiriladigan narsaga dalolat qiladi.

(Visited 1 134 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика