Sher tushda

Sher tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Sher tushda Ibn Sirin: U xatarli, qattiq jasoratli, panjalari kuchli va g’azabli hayvon bo’lgani bois qahrli podshohga dalolat kdladi.

Shu ningdek, jang qiluvchi odamga, xiyonatkorga, dushmanga, o’lim va shid datli holga ham dalolat qiladi. Chunki u qo’rqinchli hayvondir.

Shu ningdek, shijoatli podshohga ham dalolat qiladi. Kimning hovlisiga sher kirsa va u odam kasal bo’lsa, o’ladi. Agar kasal odam bo’lmasa, pgu xonadonga podshoh tomonidan yomonlik keladi.

Sherning shaharga kirishi shiddatli holga, podshohga yoki dushmanga dalolat qiladi. Agar sher jome’ masjidga kirib, minbarga ko’tarilsa, podshoh xalqiga jabr qiladi.

Kim tushida sherni ustiga minsa, ulug’ ishga va katta aldovga mingan bo’ladi. Kim sher go’shtini esa yoki sutini ichsa, podshohdan mol keladi va dushmanidan g’olib bo’ladi.

Kim sher bilan tortishsa, dushman yoki sulton bilan tortishadi. Kim sherni qarshi olib yoki uni oldidan ko’rsa va sher unga tegmasa, unga podshoxdan zararsiz bir nima keladi.

Kim tushida sherdan qochsa va sher uni quvlamasa, yomon ishdan najot topadi. Sherning terisi dushmanning molidir. Sherning boshini kesish sultonlikka erishmokdir.

Kim tushida sherlarni boqsa, javrli podshohlarga sadoqatli bo’ladi. Kim tushida sherdan qo’rqqan holda uni minsa, balo keladi. Ayti lishicha, kim tushida sherni o’ldirilganini ko’rsa, barcha xafalikdan najot topadi.

Kim tushida sherga aylanib qolsa, zulm qiladi. Bir kishi Ibn Sirin rahmatullohi alayhning oldilariga kelib: tushimda sher bolasini ushlab uyimga olib kirgan emishman, dedi. Ibn Sirin: ba’zi podshohlar bilan til topishasan dedi.

Yazid ibn Muhlib Yazid ibn Abdulmalikka qarshi huruj qilgan kunlari tushida bir joyda o’zini sher ustida ko’rdi. So’ng uni tush ta’bir qiluvchi kampirga rivoyat qildi. Shunda u o’rab oluvchi ulug’ ishga minishini aytdi.

(Visited 3 040 times, 12 visits today)

Related posts

Leave a Comment