Quduq tushda

Quduq tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Quduq tushda Ibn Sirin rahmatullohi alayh: Quduqlar: Hovli joyning qudug’i ko’pincha shu hovlining egasiga dalolat qilsa, ba’zan hovli egasining xotiniga ham dalolat qiladi. Chunki suv olishda paqir va arqon quduqqa tashlanadi. Quduq esa suvni ichida saqlaydi. Shu bois u ayol kishi deb ta’vil qilinadi.

Agar quduqni erkak kishi deb ta’vil qilinsa, uning suvi mazkur kishining moli va ahliga saxovat qiladigan imkoniyatga ega bo’lishidir. Suv quduqdan hovliga oqib ketmasa, uning yaxshiligi ko’payib boraveradi.

Agar oqib ketsa, siri va gapi tarqab ketadi. Quduqning suvi ozaysa, rizqi ham kamayadi. Agar uning tubi chuqur bo’lsa, bu uning baxil ekanini bildiradi. Quduqning suvi qo’lga yaqin bo’lsa saxiy ekaniga dalolatdir.

Quduq tushda

Quduq xotin deb ta’vil qilinsa, suvi xotinning moli va qornidagi bolasidir. Uning suvi qo’lga yaqin bo’lsa, xotinning tug’ishi yaqinlashgan bo’ladi. Agar quduqning suvi erga oqib ketsa, xotin tug’adi yoki bola tushib ketadi.

Shuningdek, ko’pincha quduq xodim, qul, to’rt oyoqlik hayvonga ham dalolat qiladi. Yana u suv sotish yoki shu sababli keladigan foydani yoki safar va shunga o’xshash ishlardan hosil bo’ladigan manfaatni ahliga qizg’anmay sarflaydigan odamga ham dalolatdir.

Chelakning quduqqa tushib chiqishi musofirning safarga borib kelishiga o’xsha gani bois, noma’lum quduq ko’pincha safarga dalolat qiladi.

Shuningdek, ko’pincha u daryo, hammom, namozxonlarning namoz o’qishi tufayli ma’naviy kirlari yuviladigan masjid, ilmi suvdek zarur bo’lgan olim, zinokor ayol, qamoqxona va qabrga ham dalolat qiladi. Kasal odam tushida noma’lum quduqqa tushib ketganini ko’rsa, vafot etadi. Quduq tushda

Agar kemada bo’lsa, g’arq bo’ladi. Quruqlikda ketayotgan musofir bo’lsa, yo’lda to’siq, makr va xiyonatga uchraydi. Agar ishi gulla bo’lsa qamaladi.

Agar ushbu holatlar bo’lmasa, beixtiyor hammom yoki zinokor ayolning hovlisiga kiradi. Homilador ayol yoki huzurida homiladori bor kishi ko’rsa, unga o’g’il bolaning bashorati berilgan bo’ladi.

(Visited 1 428 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика