Quduq tushda

Quduq tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Quduq tushda Ibn Sirin: kishi noma’lum joyda chuchuk suvli quduqni ko’rsa, demak, u odamning dunyosi bo’lib, suv mikdoricha dunyoda umri uzun va hayoti farovon bo’ladi. Agar qudukda suv bo’lmasa, umri tamom bo’la di. Quduqning buzilishi esa ayolining o’limiga ishoradir.

Kim quduqqa ikki oyog’ini tushirib olganini ko’rsa, barcha moldunyo si ila makrga duchor bo’ladi yoki darg’azab bo’ladi. Agar quduqqa tushsa va yarmiga etganda azon aytsa, safar qiladi.

Agar quduqning oxirigacha ichiga tushsa boshlikdik, rahbarlik yoki tijoratdan foyda ko’rish va xursandchilikka erishadi. Agar quduqning yarmida azon eshitsa, boshliq bo’lsa (mansabidan) ajraladi, tijoratchi bo’lsa ziyon ko’radi.

AnNobulsiy: tushdagi suv xursand ayoldir. Agar suvni ayol ko’rsa, chiroyli xulqli kishidir. Shuningdek, quduq mol, ilm, uylanish, salobatli kishi, qamoq, kishan yoki makrdir.

Kim quduq kovlayotganini ko’rsa va unda suv bo’lsa, boy xotinga uylanadi va shu xotin sabab makrga uchraydi. Chunki kovlash makr dir. Agar qudukda suv bo’lmasa, u ayol kambag’al, molu davlati yo’kdir.

AnNobulsiy: kim o’z hovlisi yoki o’z erida quduqni ko’rsa, hayotida kenglikka, qiyinchilikdan so’ng engillik va behisob foy daga erishadi. Agar quduqqa qulayotganligini ko’rsa, martaba va ulug’ligini boy bergan bo’ladi.

Ko’pincha quduq otaga, bolaga, odob beruvchiga, qabrga, makrga, bi ror kishining hojatini chiqarishga, safar qilishga, talab qilin gan narsaga, qizg’anchiqlik va ulug’likka dalolat qiladi. Har bir quduq uchun ta’villar bordir.

Hovli qudug’i hovli egasida, uning do’koni, ayoli, xodimi, moli, o’limi yoki hayotiga dalolat qiluvchidir. Ko’milib ketgan quduq sa far va harakatdan to’xtashdir.

Yo’llarga berilgan quduq masjid yoki hammomga dalolat qiladi. Ko’pincha bu erkaklar oldiga keladigan zinokor ayolga ham dalolat qiladi. Mahallaning qudug’i mahallaning qorovuli yoki mahalla ning islohotchisiga dalolat qiladi.

Yo’ldagi quduq qiyinchilikdan so’ng eminlikka ishoradir. Suvchi ning qudug’i bir qavm baxtli, boshqalari esa faqir bo’lishiga dalo lat qiladi. Ko’pincha talabalar uchun madrasa va ilm maskanlariga dalolat qilib, ular orasida qobiliyatli va qobiliyatsiz talabalar bo’ladi.

Sug’oruvchisi bo’lmagan quduq makr, aldov, soliq yig’ish va safar ga dalolat qiladi.
Agar ko’chalardan birida yoki taniqli shaharda zamzam qudug’ini ko’rsa, shu joyga insonlarga duosi yoki ma’rifati bilan foyda keltiradigan kishi tashrif buyuradi.

Ko’pincha bu holat ushbu sha har ahlining dushmanlari ustidan g’alaba qozonishi, ko’plab bara kotlarga erishishga dalolat qiladi. Shuningdek, hojati bo’lgan vaqt da ularga foydali yomg’ir yog’ishiga ham ishoradir.

Biror quduqning oldiga kelib undan pokiza suv ichganini ko’rsa, bas u odam ilm ahlidan bo’lsa, ichgan miqdorida ilm hosil bo’ladi.

Agar faqir bo’lsa boy bo’ladi. Uylanmagan bo’lsa, uylanadi. Agar ayoli homilador bo’lsa, fazilatli bola tug’adi. Chelak bilan ichsa ham.

Agar yuqoridagi shartlar topilmasa, uni insonlardan behojat qiladigan va ularni esa xor qiladigan sabab paydo bo’ladi. Agar hojatmand bo’lsa, hojatlari ravo bo’ladi. Safar qilmoqchi bo’lib turgan bo’lsa, foydali safar paydo bo’ladi. Bir amalni qilishni umid qilgan bo’lsa, unga erishadi.

Quduqning arqoni yaqin bo’lsa, u kishi saxiy bo’ladi, agar uzoq bo’lsa, baxil inson bo’ladi. Quduq ning suvi qurigan bo’lsa, Allohga kufr va shirk keltirishiga da lolat qiladi. Ko’pincha quduq dinda shak qilishga dalolat qiladi. Chunki quduqning aksi shakdir.

(Visited 7 728 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика