Qishloq tushda

Qishloq tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Qishloq tushda Nobulsiy: U tushda zulm va halokatdir. Kim tushida qo’rg’onli qish loqqa kirganini ko’rsa, bir kishi bilan urishadi yoki uni o’ldiradi.

Kim tushida shahardan qishloqqa ko’chganligini ko’rsa, katta ishdan past ishga o’tgan bo’ladi. Yoki u yaxshi emas, deb gumon qilgan aslida yaxshi bo’lgan ishni qilur va unga nadomat qilgan bo’lur.

Yoki yomon deb gumon qilgan yaxshi ishni qilur va undan jazm qilmasdan qaytar. Agar kim tushida bir qishloqqa kirsa, saltanatga ega bo’lur yoki yaxttti bir ishga kirishur.

Agar qishlokdan chiqsa, bir muddat najot topur va rohat olur. Agar oldin ta’mirlangan, obod holda bo’lgan qishloqni xarob va bekor qolganligini ko’rsa, bu o’sha qishloqliklar uchun zalolat va musibatdir.

Uni obod holda ko’rish esa, dinning salohiyati va tavba demakdir. Taniqlik qishloq o’sha qishloqning o’zi, ahli, undan keladigan va unda tanilgan narsaga dalolat qiladi.

Gohida qishloq zulm, bid’at, fasod va jamoatdan chiqishga dalolat qiladi. Gohida u chumolining uyasiga va chumolining uyasi esa qishloqqa dalolat qiladi.

Kim bir qishloqni vayron qilsa, fasod qilsa yoki uni harob holda, undagi kishilar ketgan holda, uni sel olib ketgan yoki o’t bilan yondirilgan holda ko’rsa, agar u taniqlik qishloq bo’lsa, u bilan ahliga sulton zulm qilur.

Gohida bu hol chigirtka, sovuq, ofatlar va vaboga dalolat qiladi. Agar yuqoridagi holat bo’lmasa, uy shiftidagi chumoli teshiklarini bekitadi. Gohida ana shuning aksi bo’lishi ham mumkin.

(Visited 860 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика