Oyoq kiyim tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot
Ibn Sirin: Ikkala oyoq kiyimini kiyib yurish quruqlik safa riga chiqishiga dalolat qiladi. Agar ikkala oyoq kiyimini kiysayu, biroq yurmasa, bu u uylanadigan ayolga dalolatdir.
Agar oyoq kiyimlarini kiyib, o’zining quruq erida yursa, bu ayoli bilan jin siy aloqa qilishiga dalolat qiladi. Yungli oyoq kiyimni molga, yun gsiz oyoq kiyimni esa ayolga dalolat qiladi. Ipli oyoq kiyimni qizga dalolat qiladi.
Agar u go’yo ipi o’tkazilmagan, kiyilmagan yangi yungli oyoq kiyimi kiyganini ko’rsa, qiz bolaga uylanadi, Agar kiygan oyoq kiyimining tovoni uzilganini ko’rsa, u tug’magan ayolga dalolat qiladi.
Agar go’yo oyoq kiyimi o’ralgan bo’lsayu, o’sha o’rab turgan narsa tagidan yorilib ketsa, shu bilan birga echilib ham ketmasa, ayolining qiz tug’ishiga dalolat qiladi.
Agar o’ralgan narsa yana bir o’raladigan narsa bilan bog’lansa, qizning umri onasi bilan birgalikda uzun bo’ladi. Agar echilib ketsa, qizi vafot etadi.
Kimki o’zining go’yo oyoq kiyimlarini ko’tar gandek bo’lganini ko’rsa, u ayolining ishidan halol beradigan narsa larni olib tashlaydi va u bilan go’zal muomalada bo’ladi. Agar oyoq kiyimlarini o’zidan boshqa kishi ko’targanini ko’rsa, ayolining ish lari fasod bo’lganiga dalolat qiladi.