Oyna tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot
Oyna tushda Ibn Sirin: Shishadan yasaladigan narsa, uni ko’tarib yurish g’urur, sindirish molmulk. Undan yasalgan idish, idishtovoqlar yoki rafiqa yoki xizmatchi va yoki boshqa ayollarga dalolat. Uyda shishaning ko’p bo’lishi ayollarning yaxshilik yoki yomonlik ustida to’planishi.
Nobulsiy: (shisha) tushdagi shishaning ozi ham, ko’pi ham g’am qayg’u. Biroq tezda ketadigan g’am. Chunki shisha boqiy emas, ya’ni uzoqqa chidaydigan emas. Shisha idish ko’rilsa, qo’ruvchiga engilroq bo’ladi.
Shishaning ta’vili ayollar javharidandir. Shisha ko’rgan kishidan biror narsa maxfiy bo’lsa, berkitish unga oshkor bo’ladi. Chunki shisha biror narsani berkita olmaydi.
Biroq yashil, qizil, sariq shishadan, shuningdek, marvarid sadafdan qilinadigan nar salar esa molmulki va farzandlar borasidagi shubhalar, riyo, xo’ja ko’rsin, ikkiyuzlamachilik.
Dori ichiladigan shisha olim va hakim zotlarga dalolat. Tushida shisha sotib olsa yoki shishali gavhar yoki sadafli durni olsa, oxiratdan ko’ra dunyoni yoki itoatdan ko’ra ma’ siyatni ixtiyor etadi. Aks holatida esa dinidan chiqadi.