Ot tushda

ot tushda Tush tabiri

Ot tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Ot tushda Nobulsiy: Uning nomlari tulpor, ot, ayg’ir. Toychoq, aravakash cho’bir ot va arg’umoq va urg’ochi ot — baytallardir. Kim tushida huzurida otni ko’rsa, bu rizqining kengligi va dushmanlari usti dan g’olib kelishiga dalolat qiladi.

Agar kishi tushida otga min ganligini ko’rsa, ot minishga loyiq kishilardan bo’lsa, azizlik, martaba va molga erishur. Ba’zan bir kishi bilan do’stlashur.

Nobulsiy aytadi: Kim tushida otni ko’rsa, agar u askar yoki ulug’ kishi bo’lsa, molni g’asb qilur. Kim qora ot minganini tushida ko’rsa, u bir safar qilur va bu yo’lda moli noqis bo’lur.

Agar kishi tushida ot tishlab olganini ko’rsa, u askar boshlig’i bo’lur. Agar kishi tushida bir otni so’yganligini ko’rsa, u ne’mat, mol quvvat va azizlikka erishur.

Kim tushida otliqlar havoda uchib yurganini ko’rsa, bu podshohlar orasida urushlar va o’sha shaharda fitna va xusumat borligiga dalolatdir. Suv oti havodagi hayvon dir.

Suv oti uyg’oqlikda biror narsaga dalolat qilmaydi. Uni tush da ko’rish yolg’on umid va nihoyasiga etmaydigan ishga dalolatdir. Ot go’shtini eyish kishilar ichida yaxshi nom qozonishga dalolatdir.

Ibn Sirin: Otlarning hovlilar orasida chopishligi, agar ular egar va choparsiz bo’lishsa, sel va yomg’irlardir. Kim tushida bir to’da egarlangan otlarni ko’rsayu, ularning choparlari bo’lmasa, u motam xona yoki to’yda yig’iladigan ayollarga dalolatdir.

Kim bir qancha otlarga ega bo’lsa yoki ularni boqsa, bir qancha qavmga boshliq bo’lur yoki bir nohiyaga boshliq bo’lur. Kim bir otni egarlab minganini ko’rsa, sharaf, azizlik va saltanatga erishur, chunki u podshohlar markablaridandir. Ana u Sulaymon (a.s.)ning ulovlaridandir.

Gohida uning saltanati uning nikoh qiladigan (uylanadigan) ayoli yoki sotib oladigan joriyasidir. Agar otni yugansiz minsa. Uning har qanday ko’rinishida ham yaxshilik yo’kdir.

Chunki yugan taqvo, din, to’siq va maxfiylikka dalolatdir. Kimning yugani qo’lidan ketsa, uning yuqoridagi ishlari qo’ldan ketur. Kim chorposini boshqarsa, uning ishi zaif bo’lur va holati buzilur va xotini harom bo’lur.

Xotini uning qo’l ostida qarovsiz bo’lur. Kim tushida noma’lum otni hovlisida ko’rsa, agar uning ustida egar bo’lsa, uning huzuriga bir ayol nikoh bilan, ziyorat va mehmonlik sababli kirur. Agar ot yalang’och bo’lsa, uning huzuriga bir kishi qudachilik sababli kirur.

Ibn Sirin aytar edi: Kim otni boshqaga kirgizsa, unga ot yoki guvoh lik bilan zulm qilur. Otga minish zafar va zohir bo’lishga dalolat qilur. Gohida kishining aravasi kishining nafsiga dalolat qilur.

Agar arggva yaxttti bo’lsa, uning holati ham yaxshi bo’lur. Agar ot o’jarlik qilsa, qochsa, o’ynokdasa, xursand bo’lur, uning aravasi kecha va kunduzga dalolat qilur. Ogaing orqasiga mingashgan kishi oldinga mingan kishining hamma holatiga tobe bo’lur. Yoki uning o’rinbosari, vasiysiga dalolatdir. Toy chokdar esa o’g’id qizga dalildir.

(Visited 24 363 times, 3 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика