O’pish tushda

O’pish tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

O’pish tushda Nobulsiy: U tushda hojatning ravo bo’lishi va dushman ustidan g’olib bo’lishdir. Kim tushida bir kishini o’psa yoki unga aralashsa yoki shahvat bilan yotsa, u hojatiga erishadi.

Agar o’pishi shahvat uchun bo’lsa, qiluvchi qilinmish tomondan bo’lsa, ehson, ta’lim, ilm, yaxshilikka hidoyat kabi yaxshilikka erishadi. Agar bo’sa shahvatsiz bo’lsa, o’sha narsalarga qili nishi qiluvchi tomonidan u va u g’ulom bolaning orasida do’stlik paydo bo’ladi.

Agar saltanat egasini o’psa, uning makonini olur. Agar qozi yoki podshohni o’psa, o’sha qozi yoki podshohning so’zini qabul qilur. Agar uni qozi o’psa, u qozi tomonidan yaxshilikka etishur.

Shuningdek, har bir imom va raislar ham. Agar uni ota yoki bolasi o’psa, u balog’atga etgan bo’lsa, undan yoki uning otasida naf olur. Agar kishi o’z o’g’lini shahvat bilan o’pganini ko’rsa, u farzandiga qoldiradigan moldunyo yig’adi. Agar o’pish shahvatsiz bo’lsa, o’g’il yoki onasi tomonidan yaxshilik, xursandlik va shoddikka eringur.

Agar bir kishi birovning ko’zidan o’pganligini tushida ko’rsa, uylanadi. Agar bir kishi uning ko’zini o’psa, u erkak va ayollarning orasini jamlaydi. Alloh saqlasin! Do’stning og’zidan o’pish dinorni qo’lga kiritish, chakka yonog’ini o’pish dirhamdir. Ayolning o’pishi iqbol va do’st tomonidan bo’lgan salomdir.

Kampirning o’pishi aytilgan gapdan uzr so’rashdir. Bo’y etgan qizning o’pishi xamr idishidir. Olim kishi chiroyli ayolni o’psa, Qur’on o’qiydi. Agar dunyoni yaxshi ko’rsa, u dunyodir. Kim Alloh tomonidan o’pganini tush ko’rsa, haj qiladi va hajarul asvadni o’padi.

(Visited 11 071 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика