Mushuk tushda korsa

Mushuk tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Mushuk tushda Nobulsiy: Mushuk tushda xizmatchi (xodim)dir. Yana aytiladiki, u ahli baytidan birontasining o’g’ri ekanidir. Uning urg’ochisi yolg’onchi yomon ayol.

Shuningdek, kishini qo’riqlaydigan, atrofida girdikapalak bo’ladigan kimsaga nisbat beriladi, u unga ziyon etkazadi yoki foyda keltiradi. Kimni tushida mushuk tishlasa va tirnasa, u bir yil kasal bo’ladi.

Agar mushuk yovvoyi bo’lsa, uning xavfi yanada kuchlidir. Agar mushuk yuvvosh bo’lsa, rohat baxsh etuvchi yil bo’ladi. Agar vahshiy, zararli bo’lsa, baxtsiz yil bo’lib, u charchoq va zahmat yili bo’ladi.

Ibn Sirin: Uning ta’vili haqida turli fikrlar mavjud. U qo’riqchi xodim, deyiladi, u uy ahlidan bo’lgan o’g’ri, shallaqi, mug’ambir yomon xotin, deganlar ham bor.

Shuningdek, kishining atrofida girdikapalak bo’lib yuradigan, uni qo’riqlaydigan va uni tunaydigan (o’g’irlaydigan), zarar etkazadigan va foyda keltiradi gan kimsa. Agar mushuk tishlasa yoki timdalasa, uni aldayotganning xiyonatiga uchraydi yoki unga etadigan kasallikka dalolat qiladi.

(Visited 4 224 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика