Marvarid tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot
Marvarid tushda Ibn Sirin: Marvarid shoda, yaxshi gap, ilm va Qur’ondir. Agar u sochilgan bo’lsa, xizmatkor o’g’il yoki qiz bola yoki xizmatkor yigit yoki oqsoch qiz bo’ladi.
Bu hol to yashirin marvaridga aylanguncha davom etadi va u xazina qilib tayyorlab qo’yilgan bo’ladi. Agar marvarid yomon deb hisoblanmaydigan miqdorda bo’lsa, uni tushda ko’rish ayolga dalolat qiladi.
Agar u o’lchanadigan yoki ko’tariladigan darajadagi og’irlikdan oshsa, u xazina va behisob mollardir.
Nobulsiy: Agar marvarid tizilgan bo’lsa, u Qur’on, ilm, far zand yoki xizmatkordir.
Kim marvaridni teshganligini tushida ko’rsa, u Qur’onni to’g’ri tafsir qiladi. Kim tushida marvaridni yutib yuborsa yoki uni sotsa, u Qur’onni unutadi. Marvarid ilm dir.
Kim tushida marvarid sotsa, unga ko’p ilm rizq qilib beri lur va kishilar orasida katta bo’lur. Kim og’ziga marvarid solsa, u yaxshi dinlik bo’lur. Agar marvarid uning og’zidan sochilib, ki shilar uni olayotganlarini, o’zi esa undan olmayotganligini ko’rsa, u kishilarga va’z qiladigan qozi bo’lib, ular undan naf’ ko’radilar.