Kiyim tushda korsa

Kiyim tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

 

Kiyim tushda korsa  Ibn Sirin: Qora rangli libos kiyishga odatlanmagan kishi tu shida uni kiysa, yoqimsiz ishga yo’liqadi. Uni kiyishga odatlangan lar uchun esa yaxshilikdir. Aytilishicha, u kasalning o’limiga dalil dir.

Havo ranglisi g’amtashvishdir.
Ko’k ranglisi esa iymon, jannatga kirish va yaxshi amallarga dalolat qiladi.
Sariq rangli libos bo’lsa, kasalliklar va qo’rquvga dalolatdir.

Qizil ranglisi itoatsizlik, gunoh va shonshuhratga dalolat qiladi. Ayollar uchun esa shodlikdir. Turli ranglardan iborat qora kiyimlar boshliqlikka molu davlatga yoki kasallik va yomonliklar ga dalolat qiladi. Yashil rangli liboslar barcha uchun yaxshilikdir. Shuningdek, Alloh taologa yaqinlikdir. Zero, yashil rangli libosni jan

nat egalari kiyadilar. Bundan tashqari, u tiriklar uchun meros olish, o’liklar esa shahid holda o’lishiga dalolat qiladi. Oq rangli libos kiyishni odat qilgan kishi tushida ham kiysa yaxshilikdir.

Kasbkor egalari uchun ishsizlik belgisidir.
Liboslar to’rt xil narsa junli, tolali, paxtali va zig’ir poyasidan to’qilgan bo’ladi. Jundan tikilgan libos moldir. Tolali si esa undan ozroq moldir. Paxtadan to’qilgani ham moldir. Zig’ir yog’i poyasidan qilingan libos esa undan ozroq molga dalolat qiladi.

Liboslarning eng afzali keng va yangi libosdir. Shuningdek, uzunrog’i ham. Kir, eskirgan libos faqirlik, g’am va dinning fasod bo’lishidir.
Shuningdek, jasad va boshning kir bo’lishi ham g’amtashvishga dalolatdir. Oq libos dunyosi va dinidagi chiroyidir. Qizil kiyim xotinlar uchun yaxshi, erkaklarga esa yomonlikdir.
Insonning ichki liboslari qizil rangli bo’lsa shodlikdir. Sariq libos kasallik belgisidir. Aytilishicha, qizil libos g’amdir.
Tushida jasadi sariq yoki qizil bo’lsa zarari yo’q.
Ayollarning bo’yalgan liboslarini erkak kiysa, dushmanlari ko’paya di. Kim libosni kiyib, so’ng uni echib qo’ysa, rahbarlikdan bo’shay di. Agar kiyimini yoki uyidagi ba’zi matolarini yo’qotib qo’ysa, o’ngida qo’lidagi moli ketmas mol bo’ladi.

Tillo va kumushli libos dini va dunyosining yaxshi ekanidir. Shuningdek, orzuga etishmoq belgisidir. Kim ipakli libosga ega bo’lsa yoki jilvador yoqutdan yasalgan toj bilan birga kiyganini ko’rsa, u diyonatli, taqvodor g’oziy kishidir.

Turli ranglar bilan naqshlangan libos, poshshoning yoqimsiz va mahzun qiladigan gapidir. Ikki yuzli yoki ikki rangli libos odam lar ko’nglini ovlaydigan yaxshi odamga dalolat qiladi. Agar libos yangi bo’lib, kir holda bo’lsa, dunyoga va kishi kasb orqali orttirgan qarzlarga dalolatdir.

(Visited 4 973 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика