Kishan tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot
Kishan tushda Nobulsiy: U tushda dinda sobit turishdir. Gohida u ahli ayolga, zimmasidagi qarzga yoki safardan qolishga yoki kasallikka dalolat qiladi.
Gohida zanjir yoki kishan tushida uni bog’lagan kishi to monidan xayrehsonga dalolat qilinadi. Kumush kishan uylanish, demakdir. Agar u sariq misdan bo’lsa, yomon ishdagi sobitlilikdir.
Agar u qo’rg’oshindan bo’lsa, unda horg’inlik va zaiflik bo’lgan ishga yo’liqishdir. Agar u yog’ochdan bo’lsa, u munofiqlikka uchrashidir. Agar u latta yoki ipdan bo’lsa, mantazam bo’lmagan ishda turishga dalolatdir.
Agar zanjirband odam dindor yoki masjidga boradigan kishi bo’lsa, u saltanati va boshqaruvida doimiy turadi. Agar u dunyo ahlidan bo’lsa, dunyo bilan mashg’ul bo’lsa, dunyoning mo’lko’lchilik va quvonchiga beriladi.
Safarni xohlagan kishining kishanlani shi uning safardan to’xtashidir. Tijoratchi uchun kasod matodir. G’amgin kishi uchun g’amining tugamasligidir. Kasal uchun kasali ning uzayishidir.