Islom tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot
Islom tushda Ibn Sirin: Ustoz Abu Sa’d rahimahulloh dedi: qaysi bir mush rik odam tushida o’zini jannatda, kumushdan yasalgan so’rilar ustida ko’rsa yoki boshqa odam uni shu holda ko’rsa, u musulmon bo’ladi.
Shuningdek, o’zini biron qo’rg’onga kirayotganini ko’rsa, musulmon bo’ladi. Agar mushrik odam tushida musulmon bo’lsa, qiblaga qarab namoz o’qisa, yoki Allohga pgukr qilganini ko’rsa musulmon bo’ladi.
Agar o’zi mushriklar diyorida bo’lib, tushida musulmonlar diyoriga o’tsa tezda o’ladi. Chunki dorul islom haq diyordir(o’lim ham hakdir).
Agar musulmon tushida «musulmon bo’ldim» deb turganini ko’rsa o’ngida ishlari to’g’ri bo’lib ixlosi mustahkam bo’ladi. Agar musulmon ik kinchi bor islomga kirganini ko’rsa, ofatlardan salomat bo’ladi.
Mushriklardan kim tushida o’lib so’ng, tirilsa musulmon bo’ladi. Shu ningdek, mushrik tushida o’zini daryodagi kemada ko’rsa, musulmon bo’ladi.
AnNobulsiy: Insonning tushida musulmon bo’lishi dinda to’g’ri turmoqdir. Agar mushrik tushida musulmon bo’lsa, o’ngida ham musulmon bo’ladi.
Ibn Sirin: Kofir odamlarning tushda musulmon bo’lishlari o’limlariga dalolat qiladi. Chunki ular o’lar vaqtda imon keltira dilar, ammo imonlari foyda bermaydi.