Ilon tushda korsa

Ilon tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Ilon tushda korsa Nobulsiy: U tushda dushman, davlat, xazina, ayol kishi yoki farzand dir. Agar katta ilondan kishi qo’rqmasa, u uning quvvati va davlati dir. Ilon moldor dushmandir.

Chunki zaharning ta’vili moldir. Agar kishi tushida ilonni uyiga kirgizganini ko’rsa, unga dushman makr qilur. Kim tushida ilonni ushlasa, unga tanglikda bir dushmandan mol kelur. Agar ilonni o’ldirsa, dushmandan g’olib kelur.

Agar uning qo’liga qon oqsa, dushmani vafot etur va u uning molini meros olur. Agar uni ilon chaqsa, u sharmandalikka yo’liqur. Agar uni kuydirsa, uning dushmanlarini sulton o’ldirur va ular ustidan g’olib kelur.

Agar ilon uchib ketsa, ular safar qilur. Harakatchan ilon ta’vilda yosh farzanddir. Agar bozorlarda ilonlar o’ldirilganini ko’rsa, urush bo’lur va o’sha er ahliga dushman g’olib kelur.

Agar sulton ilonlarni ovlasa, u dushmanlarini aldar va ularni qo’lga kiritur. Ilon ba’zan adovatni yashirgan hiylagar ko’rinishi xunuk zolim sulton kishisi dir. Qora ilon hiylasi zahri qattiq va ko’rinishi yomondir.

Oq ilon zaiflikdir. Kim bilan ilon muloyim so’z bilan gaplashsa, unga ki shilar ajablanadigan darajada dushmanidan xursandlik va yaxshilik etur. Agar unga titroq bilan gapirsa, dushmanga zulm etur.

Bu holat undan zahar va chaqish sodir etilganda bo’lur. Chunki amal (chaqish) so’zdan ko’ra quvvatlidir. Bunday paytda so’z tark qilinib amal olinadi. So’ngra oxirida zulm ko’rgan kittti zafar topur va dushmandan najot topur.

Agar kishi ilonni inidan kirib chiqib, turganini ko’rsa, shayton uni xafa qilur. Agar u ilon bilan tortishsa, kuchli dushman bilan tortishur. Va uning qo’rquvini behuda ish olur, hatto birbiridan ustun kelur. Ulardan g’olib bo’lganiga za far boqur. Agar uni ilon chaqsa, unga qutula olmaydigan falokat etur.

(Visited 2 346 times, 1 visits today)

Related posts

Leave a Comment