Dengiz tushda

Dengiz tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Dengiz tushda Ibn Sirin: U haybatli va kuchli sultondir. Shuningdek, u pod shoh, soliq yig’uvchi, hokim, olimlar va aslzodalar kabi xalq usti dan hukmronlik qiluvchi kishilarga ishoradir. Ba’zan dengiz dunyo va uning dahshatlariga dalolat qiladi.

Ko’pincha dengizning mavji to’libtoshgan fitnaga dalolat qiladi.
Dengiz balig’i dunyodagi kattayu kichikka berahim bo’lgan xatokor odamlardir. Balki uni ham eb halok qiladi. Dengiz jonzotlari dunyoning raislari, rahbarlari va yaxshi yomon xalqlaridir.

Ba’zan dengiz jahannamga ham dalolat qilib, kemalari esa unga mansub ko’prikka o’xshaydi. Shuningdek, najot topuvchiga, haqorat langan va do’zaxga g’arq bo’lganga dalolat qiladi. Dengiz to’lqinlari hayot belgisidir.
Kim o’zini dengizda ko’rsa yoki unga dengiz ko’rinsa, agar mayyit bo’lsa, u do’zaxdadir.

Agar kasal bo’lsa kasalligi kuchayadi. Agar ushbu kasal odam suvga cho’kib ketsa, o’ngida shu kasalligi orqasidan o’ladi. Agar kasal bo’lma sa, podshohning oldiga kiradi. Bashartiki, bu yoz oyida yoki dengiz tinch paytida bo’lsa.

Dengizda qay darajada suzishiga qarab ilmda ham harakat qiladi, olimlar bilan birga bo’lib, tijorat va molda kengchilikka erishadi.

G’arq bo’lib o’lsa, dini fasod bo’lib ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi.
Qish yoki sovuq kunlari dengizda bo’lib, to’lqin paydo bo’lganda suzib yursa, sulton tomonidan unga bir balo etadi.

Mazkur balo qamoq, azob, suv to’planish kasali, zararli shamol yoki halok qiluv chi fitna bo’lishi mumkin.
Agar shu payt cho’kib ketsa, o’ngida o’z turar joyida qatl qilina di.

Kim dengiz suvidan qancha ichsa, sultondan shuncha mol oladi. Yoki shuncha dunyodan kasb qiladi. Kim dengiz tubiga tushib, uning qa’ridagi loy yoki balchiqqa etsa, ulug’ podsho tomonidan unga tash vish etadi. Kim dengiz yoki anhorni boshqa tomonga bursa, xavfu tashvishlarini burib, undan salomat bo’ladi.

Ba’zilar: kim tushida dengizni ko’rsa, orzu qilgan narsasiga etishadi, deganlar. Shuningdek, kim dengiz kechib yurganini ko’rsa, podshohning xizmatiga kirishib, ko’p yaxshilikka erishadi. Dengiz suvining hammasini ichsa, dunyoga ega bo’lib, umri uzun bo’ladi.

Dengiz qo’ltig’i

AnNobulsiy: Uni tushda ko’rish masalani majlissiz hal qila digan hokim va hukmga dalolat qiladi.
Dengiz qo’ltig’ini musofir ko’rsa, safar qilmasligiga dalolat qiladi. Kichkina dengiz qo’ltig’i boy xotindir.

(Visited 4 215 times, 1 visits today)

Related posts

Leave a Comment