Chiroq tushda

Chiroq tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Chiroq tushda Ibn Sirin: U uyning bebaho jihoziga dalolat qiladi. Kim chiroqqa ega bo’lganini ko’rsa, ilm va yuqori mansabga erishadi. Kim chiroqni og’zi bilan o’chirayotgan bo’lsa, haq usgida bo’lgan kishining ishini yo’q qilmoqchi bo’ladi, biroq bunday qilishga muvaffaq bo’lmaydi.

Kim kunduz kuni chiroq ko’tarib yurganini ko’rsa, dinida mahkam, yo’lida to’g’ri bo’ladi. Kim tunda chiroq bilan yurganini ko’rsa, tahajjud o’qiydi. Yoki esankirab qolgan ishidan qat’iyat bilan to’g’risiga o’tadi.

Agar gunoh ish qilgan bo’lsa, tavbasi qabul qilinadi. Barmoqla ri yoki boshqa a’zolaridan ziyo taratayotgan bo’lsa, mavhum bo’lib turgan ishi anikdashadi va ochiqoydin dalil bilan ishonch hosil qiladi.

Kim o’zida chiroq bo’lib, nuri quyosh nuridek bo’lsa, Qur’onni yod olib, tafsir qiladi. Chiroq qalb nurining ziyoda bo’lishi, dindagi kuchquvvat, murodmaqsadga etishdir.

Aytilishicha, chiroq taqvo dor olim va faqih farzand yoki saxiy savdogardir. Uyida chiroq borligini ko’rsa, muborak farzand dunyoga keladi.

Tushida qo’lida chiroq yoki sham yoki olov bo’lib, ularni o’chirayotganini ko’rsa, sulton bo’lsa mansabidan tushadi, tijoratchi bo’lsa kasodga uchraydi, mol mulk egasi bo’lsa moldavlatidan ayriladi.

Chiroq bo’ydoq uchun xotin, kasal uchun shifo belgisidir. Chiroq nurlari yoritmaydigan bo’lsa, g’amqayg’uga dalolat. Hamma turdagi chiroqlar maxfiy narsalarning zohir bo’lishiga dalolat qiladi.

Nobulsiy: Chiroq bo’ydoqning oila qurishi, mansabga ega bo’li shi, safar, boshqa uy yoki do’konga ko’chib o’tishiga dalolat.

Nobulsiy: Tushdagi chiroq homilador ayol uchun olim farzandga dalolat. Kasal uchun turmush o’rtokdir. Agar o’chib qolsa, kasal odam vafot etadi. Kim chiroqni tuzatib, uni yoqsa, kasaldan shifo topadi.

(Visited 3 338 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика