Azon tushda

Azon tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Azon tushda AnNobulsiy: Tushida azon aytish haj oylarida hajga borishga dalolat qiladi. Shuningdek, ko’pincha chaqimchilikka ham dalolat qiladi.

Urush qilish uchun tayyorlanish, bir joydan boshqa joyga ko’chish va harakat qilishga chaqiruvchi narsaga belgi bo’lishi ham mumkin. Goho azon oliy darajaga, oliy mansab va ulug’likka ham dalolat qiladi.

Shuningdek, ko’pincha to’g’ri xabarlarga ham dalolat qiladi. Agar qibladan boshqa tarafga qarab azon aytsa yoki arab tilidan boshqa tilda aytsa, yo azon aytish bilan birga yuzi ham qora bo’lsa yolg’on va chaqimchilik xabarini bergan bo’ladi.

Agar bir odam ning tushida ayol kishi jome’ masjidning minorasidan turib azon aytsa, shu shaharda ulug’ bid’at yuzaga chiqadi. Agar yosh bolalar aytsa, nodonlar yoki shu yurtlik bo’lmaganlar molga egalik qiladilar. Ay niqsa, azon o’z vaqtida aytilmagan bo’lsa.

Ibn Sirin: Azon va iqomat(takbir) haqida Abdulloh ibn Zayd alAnsoriy otasidan rivoyat qilib dedi: Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib tushimda ko’rgan azon haqida xabar qildim.

Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Al.batta bu tush haqdir, bor uni Bilolga o’rgat, chunki uning tovushi senikidan balandrokdir», dedilar. So’ng men aytganlarini qyldim.

Roviy ay tadi: Hazrati Bilolning azonini eshitgach Umar ibn Xattob rozi yallohu anhu kelib: «Yo Rasulalloh, men ham tushimda ‘xuddi Abdulloh ibn Zayd ko’rgan narsani ko’rdim», dedilar. Shunda ul zot: «Alham dulillah! Bu yana ham sobit qiluvchidir», dedilar.

Muhammad ibn Abdulloh ibn Zayd alAnsoriy otasidan rivoyat qilib dedi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam surnaydan mahzun bo’lib, do’mbiraga buyurdilar. Men esa uxlab tush ko’rdim.

Tushimda ustida ikkita ko’k rangli to’ni bor bo’lgan bir kishini ko’rdim, u do’mbirani ko’tarib olibdi, men: «Ey Allohning bandasi, do’mbirani sotasanmi?» dedim. U esa: «Nima qilasan», dedi.

«U bilan ndmozga chaqiramiz», dedim. Shunda u: «Seni undan yaxshiroq narsaga dalolat qilaymi?» dedi. Men: «Ha! dedim. Allohu akbar, Allohu akbar deb aytasan, dedi va menga azon kalimalarini o’rgatdi.

So’ng asta yurib menga iqomat kalimalarini o’rgatdi. Uygonganimdan so’ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning oldilariga kelib u zotga xabar qiddim. Shunda ul zot: birodari ngiz xo’p bir tush ko’ribdi.

Bilol bilan masjidga chiqib unga buni o’rgatgin, ngu kalimalar bilan chaqirsin. Chunki uning tovushi senikidan ko’ra balandroq dedilar. So’ng men Bilol bilan birga chiqib unga azon va takbir kalimalarini o’rgatdim, Bilol esa uni nido qila boshladi.

Shu mahal Umar ibn Xattob roziyallohu anhu tovushni eshitib chikdi larda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib; yo Rasulalloh darhaqiqat men ham xuddi shunday tush ko’rdim dedilar.

Ustoz Abu Sa’d roziyallohu anhuning aytishiga qaraganda, kim tushida bir yoki ikki marta azon ayttanini ko’rsa va takbir aytib farz namozini o’qisa, ikki haj va bir umra qilgay.

(Visited 7 754 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика