Arslon burji  23.7 — 23.8. erkak va ayollar harakterlari haqida ma’lumot

Arslon burji BURJLAR

Arslon burji  23.7 — 23.8. erkak va ayollar harakterlari haqida ma’lumot

Arslon burjidagilar qirollar kabi mag’rur, bag’ri keng bo’lishadi. Ishq sevar, g’ayratli, his tuyg’uga beriluvchan bo’lishadi. Hukumdor bo’lish bu burjdagilarga tabiatdan ato  etilgan. Pulni o`ylmasdan ishlatishadi, pul ular uchun zavqlanish uchun  kerakli maxsulot.

Uning omadga erishishi atrofidagi yaqinlariga ham tasir qiladi, sababi yaqinlari bilan ham omadni ulashishni biladi. U oddiy odamning hayoti  bilan yashay olmaydi. Omad ularning foydasiga hal bo’lmasa ularning hayotida ko’mplekslar paydo bo’lishi mumkun  keyinchalik sog’lig’iga ham tasir qiladi.

Arslon burjidagilar hursandchilik, sarguzasht va halq orasida bo’lishni hush ko’radilar. Harakatsizlik ularni og’ir axvolga solib qo’yishlari mumkun. Arslonlar maydagap va kek saqlamaydiganlar  guruhiga kirishadi. Odamlar markazida bo’lishni yaxshi ko’rishadilar. Do’stlari ularsiz qiynalishadi. Uning hayot kechirishi boshqalarga ham yuqishi mumkun,  ular o’zlarini sevadiganlar guruhiga kiradi. Bor vaqtlarini juftlariga ajratish ular uchun mumkun emas masala hisoblanadi.

Arslonlar ruhiy hotirjam bo’lishlari uchun ular chiroyli, o’zlariga oro bergan bo’lishlari shart. Ular  tug’ma rag’barlar hisoblanishadi. Ularga kuchli zo’riqish tavsiya qilinmaydi:  Arslonlar yoshliklarida sport va ilim bilan chuqur shug’ulanishadi, ularda 40 yoshdan keyin sog’liqlarida muommolar paydo bo’la boshlaydi.

Uning asab tizimi juda sezuvchan: emotsional holat uni kasal qilishi yoki bo’lmasam  shifo topishi mumkun.

Arslon burji erkaklar

Har  qanday holatda ham vaziyat  egasi bo’lishni hoxlashadi: ularning o’zlariga ishonishlari boshqalarni ham jalb qilishadi. Ular boshqalarga biron bir narsa  berishni yoqtirishadi  evaziga ulardan rag’bat eshitishni hoxlashadi. U o’z turmish o’rtog’ini har  tomonlama taminlab qo’yadi – arslon burjidagilar turmush o’rtog’ini eng go’zal bo’lishlarini hohlashadilar, evaziga  ayollari to’liq itoat qilishlarini hohlashadi.

Bu burjdagilar bolalarni va o’z oilalarni juda sevishadi. Ularni oilasi u tufayli  baxtli ekanligini bilish ular uchun kotta baxt keltiradi.

Oilaviy masalalarni Sumbula burjidagi  ayollar bilan yaxshi kelishadi. Buzoq burji ayollari bilan janjal kelib chiqishi mumkun. O’q  otar  va Qo’y burji ostidagi ayollar bilan yaxshi  turmush bo’lishi mumkun.

Arslon burji  ayollar

Aqilli, o’ziga ishongan, o’z  orinini  topa oladigan ayollar  qatoriga kiradi. Atrof muhit uni qodira olmasa u o’z qoliga vaziyatni olib o’zi hoxlagan sharoyit yaratishga harakat qiladi, bu uning harakteriga ham ta’sir ko’rsatishi mumkun.

Bu burjdagi ayollar yorqin va boshqalardan ajralib turadi,  u  o’z hayotini o’zoga o’xshagan noyob inson bilan yoki  uni  umrining ohirigacha taminlashga qodir inson bilan bog’lashga harakat qiladi.

Bu ayollar mehmon do’st  hisoblanishadi. Hatolarni kechirishmaydi, ayniqsa turmush o’rtoqlarining hiyonatini. Ajralishni  qiyin kechirishadi, ko’p hollarda o’zlari ajralishni rejalashtirishlari mumkun.

Bu ayollarga hotirjam o’ziga ishongan Sumbula burjlari to’g’ri keladi. Qo’y va O’q otar burjlari ular amalga oshirmoqchi bo’lgan niyatlarida yordam berishi mumkun.

Kabristοn / Ayiq / Hkelin
Gul /  Οsh / Kοvun

(Visited 1 904 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика