Ariq tushda korsa

Ariq tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Ariq tushda korsa Ibn Sirin: Ariq (kanal) rizq manbasi, o’rni va sababiga dalolat. Do’kon, sanoat, safar va boshqalar kabi. Ba’zan yara (shilingan joy)ga dalolat qiladi, undan suv oqqani uchun.

Bu ariqning bog’larni sug’ori shi kabi. Ba’zan suvni oqizib yurgani uchun sug’orish suv etkazib berishga dalolat. Ba’zan safarning markaz yo’llariga dalolat, xuddi musofirlar unga suv kabi oqib borgani kabi.

Ba’zan u insonning xulqatvoriga dalolat. Chunki u jismni sug’oradi. Ko’p hollarda, u xalqning hayotiga dalolat, agar umumiy bo’lsa. Agar xos bo’lsa, boshli g’ining hayotiga dalolat.

Kim ariqni shahar tashqarisidan ichkariga tiniq suv olib kirayotganini ko’rsa, odamlar buning uchun Allohga hamd aytayotganlari, suvidan ichib, idishlarini ham suvga to’ldirib olayotganlarini ko’rsa, ularning holati hisobga olinadi.

Agar ular orasida vabo tarqalgan bo’lsa, daf bo’ladi va Alloh taolo umrlarini uzun qiladi. Agar ularning boshiga musibat yo tashvish tushgan bo’lsa, Alloh ularga unumdorlik, hosildorlik keltiradi.

Yoki muntazam yomg’ir yoki taom bilan siylash orqali. Agar bunday holatlardan birontasi bo’lmasa, mahsulot xarid qilish ucho’n ularga ko’p miqdordagi pul mablag’ keladi.

Agar anhor suvi loyqa yoki sho’r yoki anhordan tashqa riga oqib, odamlarga zarari tegsa, u insonlar giriftor bo’ladigan kulfat va ziyonzahmat alomatidir.

Yoki qishda gripp, yozda bezgak kabi yuqumli yoki musofirlar uchun yomon xabar yoki harom o’ljalar yoki nopok moldavlat, tushning mikdori va ziyodaligiga qarab belgilanadi.

Ammo kim o’z hovlisida yoki do’konida oqib o’tayottanini ko’rsa, suvning tiniqligi, mazaligi va mo’’tadil oqishi darajasiga ko’ra shu insonning o’ziga xos bo’ladi.

Kim bog’ida yoki er maydonida oqib tur ganini ko’rsa, uning ham holati e’tiborga olinadi. Agar bo’ydoq bo’lsa, turmush quradi. Agar o’z yo’lidan chap va o’ng tomon bo’ylab toshsa, u shu erliklar uchun huzn va g’am. Shuningdek, ariq xonadonlar va uylar atrofida oqsa, u odamlarning go’zal turmushiga dalolat.

(Visited 10 953 times, 10 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика