Xurmo tushda

Xurmo tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Xurmo tushda AnNobulsiy: Tushdagi xurmolar rizq yoki yaxshilik elchisidir. Kim xurmo esa, halol molga erishadi. Shuningdek, xurmolar vaq tinchalik moldir.

Ibn Sirin: Ular vaqtinchalik moldir. Kim xurmo daraxtini kesilganini ko’rsa, yomon safar, boshliqlik va xusumatlardan qutu ladi. Xurmoning bargi ayollarning sochi deb ta’vil qilinadi.

Kim danakning xurmoga aylanganini ko’rsa, shu erdagi bola olim bo’ladi yoki qadrsiz odam obro’li kishiga aylanadi. Ba’zilar: xurmo uzoq umrdir, deganlar.

Sayid Humayriy hazratlari tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sho’r tuproqli, xurmozor erda ko’rdi. U erning yonboshida o’simligi yo’q bo’lgan yaxshi erni ham ko’rdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: bu er kimniki ekanini bilasanmi? dedilar. Humay riy: yo’q, deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Bu sho’r er Imri’ul Qays ibn Hajarning eri, undagi xurmo ko’chatlari ni olib, mana bu yaxshi erga o’tqazgin, dedilar.

Menga buyurilgan narsani qildim. Tong otgach yosh bola bo’lishimga qaramasdan Ibn Sirin oldiga borib tushimni aytib berdim. Shunda u zot tabassum qilib: she’r aytasanmi, dedilar. Men: «yo’q» dedim. U zot: yaqin kelajakda pok odamlar orasida Imriu’l Qays kabi she’rlar aytasan, dedilar.

(Visited 7 007 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика