Ustun tushda

Ustun tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Ustun tushda Ibn Sirin: Ustunlar suyaniladigan har bir narsaga dalolat qiladi. Shuningdek, u Islom, Qur’on, sunnat, fiqx, dinga va podshoh, hokim, ota, xoja, er, vasiy, guvoh xotin, tog’a kabi zotlarga dalolat qiladi.

Kim tushida ustun o’z joyidan boshqa joyga moil bo’lib qolganini ko’rsa va binosini yiqilishga yaqin qolgan holda ko’rsa, bas agar katta jamoat orasida bo’lsa, podshoh odamlaridan biri uni podshoh oldiga chaqiradi yoki uning itoatidan chiqishga intiladi.

Yoki olim, solih kishilardan biri fitna sababli to’g’ri yo’ldan og’adi. Agar biror qabi laning masjidi ustunini ko’rsa, bas u pgu qabilaning imomi yoki mu azzini yoki masjidni qurgan kishiga dalolat qiladi.

Agar o’z hovlisi ning ustunlarini ko’rsa va ko’rgan odam qul bo’lsa, ustundan murod xojasi bo’lib, u o’zgaradi. Agar tush ko’ruvchi ayol kishi bo’lsa, ustun eridir. Agar erkak kishi bo’lsa otasidir.

Tushida ustun yiqilsa, u bilan kim nisbatlansa shu odamning kasal bo’lishidir. Shuningdek, ustun osmonga ko’tarilib g’oyib bo’lsa yoki quduqqa tushib ko’rinmay qolsa, bunda ham mazkur ustun bilan nisbatlangan inson kasal bo’lsa o’ladi. Agar ustunlar cherkovning ustuni bo’lsa, u bilan nisbatlangan odam kofir yoki bid’atchi bo’ladi.

(Visited 3 times, 1 visits today)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *