Tahorat tushda

Tahorat tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Tahorat tushda Nobulsiy: Kimki tushida tahorati ustiga tahorat olganini ko’rsa nur ustiga nur bo’lishiga dalolat qiladi. Zero, xabarda kelganki: tahorat ustiga tahorat olish nur ustiga nurdir.

Gohida tahorat ulug’lar huzurida hojatlarining ravo bo’lishiga dalolat qiladi. Agar tahoratni mukammal olgan bo’lsa, qasd qilgan narsasi ham to’liq bo’lishiga, agar to’liq bo’lmasa, qasd qilgan narsasi ham chala bo’lishiga dalolat qiladi.

Bu narsalar tahorat qilsa bo’ladigan narsalar bilan tahorat qilgan bo’lsagina, shularga dalolat qiladi. Agar u bilan tahorat qilib bo’lmay digan narsalar bilan tahorat qilganini ko’rsa, masalan sut bilan yo asal bilan va shu kabi narsalar bilan tahorat qilganini ko’rsa, bu dinga dalolat qiladi. Yaxshi tahorat barcha dinlarda ham Alloh taolo beradigan omonlikka dalolat qiladi.

(Visited 8 times, 1 visits today)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *