Sut tushda

Sut tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Sut tushda Nobulsiy: U tushda islom fitratidir va mashaqqatsiz keladigan halol moldir. Ivigan sut achiganligi va yog’i chiqqanligi uchun harom moddir. Kim tushida erkak yoki ayol ko’kragida sut ko’rsa, mol yig’adi.

Agar ikki ko’kragidan sut oqib turganini ko’rsa, dunyo unga oqib keladi. Agar ayol ko’kragida sut ko’rsa va uning uyg’oqlikda suti bo’lmasa yoki u yosh bola, erkak yoki ayol kishini emizayotgan bo’lsa, dunyo eshiklari emizuvchiga ham emuvchiga ham yopiq bo’ladi.

Kishi ning suti emizuvchiga ham, emuvchiga ham torlik va ushlashdir. Agar kishi farzandini emizish uchun enaga sotib olganini ko’rsa, xalqi uchun farzandini tarbiya qiladi. Bir rivoyatda agar kishi ayolning sutini so’rsa, mol va foydaga erishadi.

Urg’ochi eshakning suti

Ibn Sirin: U yaxshilik etishidir. Sutning erdan chiqishi va paydo bo’lishi zulmning zohir bo’lganiga dalolatdir.

Sherning suti

Ibn Sirin: Uning sutini ichgan kishi uchun dushman ustidan g’alaba qilishidir. Bir rivoyatda u zolim sulton tomonidan mol ga etishadi.

Sigir suti

Ibn Sirin: Sigir suti o’sha yilning hosildor bo’lishi, halol mol va fitratni topishdir. Bir rivoyatda agar tush ko’rgan kishi qul bo’lsa, ozod qilinadi. Agar faqir bo’lsa, boy bo’ladi.

Tulki suti

Ibn Sirin: Tulki suti engil kasallikdir.

Eshak suti

Ibn Sirin: Xonaki eshakning suti engil kasallikdir.

To’ng’iz suti

Ibn Sirin: U tush sohibining aqli va zehni o’zgarishidir. Bir rivoyatda uning ko’pi harom mol, ozi esa haloldir. Uning oziga ruxsat, ko’pi haromdir.

Qo’y suti

Ibn Sirin: Qo’y va echki suti agar sog’ib olingan bo’lsa, halol moldir.

Toza sut

Ibn Sirin: O’tda qaynagan sut mashaqqatda topilgan moldir.

Qo’y suti

Ibn Sirin: Qo’y va begemot suti yaxshilik va fitratdir. Ayiq suti zarar va tez keladigan g’amdir.

(Visited 19 193 times, 2 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика