Namoz tushda

Namoz tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Namoz tushda Nobulsiy: Kim tushda ruku’ va sajda qilib, Alloh taologa namoz o’qisa, unga itoat etadi, kibrdan pok bo’ladi.

Allohning haqhuquqla rini bajo etadi, farzlarini ado qiladi, namozni ko’paytiradi, din va dunyoda orzu qilganiga tez orada erishadi, unga dushmanchnlik kayfiya tida bo’lganlar ustidan g’alabaga erishadi.

Kim Alloh taolo uchun sajda qilganini ko’rsa, dushmani ustidan zafar quchadi va uni afv etadi.
Gunohkor sajda qilsa, gunohiga tavba qilsa, nadomat qilsa, xavf xatardan omon bo’ladi, hojatiga erishadi va afv etiladi. Afv etuvchi ning umri uzoq bo’ladi.

Alloh taolodan o’zgaga sajda qilayotganini ko’rsa yoki sajdani niyat qilmasdan ta’zim qilsa, agar munozara yoki urush yoki xusumat ichra bo’lsa, xoru zor bo’ladi. Agar tijorat ichra bo’lsa, kasodga yuz tutadi. Agar ehtiyojmand bo’lsa, ehtiyojni qondirmaydi.

Agar Alloh taologa sajda qilib, tog’ uzra yuztuban bosh qo’ysa, kuchli kishini enga di. Agar tepalik yoki devor ustida bo’lsa, qadri baland kishiga bo’yin egadi va uni tashlab ketadi. Tushdagi sajda Alloh taologa imon va osiy uchun tavba nishonasi.

Shuningdek, sajda sunnatga ergashish, jannatda Nabiy (s.a.v.) bilan hamroh bo’lishga dalolat. Tushdagi sajda g’alaba, gunohdan tavba, molmulkka erishish, uzoq umr, xavfdan najot topish, nusrat, ishlarning rivojiga dalolat. Shuningdek, sajda tush ko’rgan inson uchun Alloh taolo ato etadigan ne’mat.

(Visited 7 430 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика