Mayiz tushda

Mayiz tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Mayiz tushda Ibn Sirin: Mayiz qorasi ham qizil va oqi ham xayr va boylikdir. Kim tushida uzumni (sharbatini olish uchun) siqqanini, sharbatini olib, qolganini tashlaganini ko’rsa, podshoh unga nisbatan g’azab otini minadi.

Qamish va boshqalarning sharbati ham shunday. Chunki sharbat va uning foydalari boshqa narsalarga nisbatan samarali. Zero, unga olov tegmaydi (olovda toblanmaydi).

Yana aytilishicha, kim bir shingil uzumni uzsa, ayolidan to’plangan molni qo’lga kiritadi. Aytilishicha, bir shingil (bir bosh) ming dirham. Aytilishicha, qora uzum uzoq turmaydigan moldavlat.

Agar tok novdasini ko’rsa, qattiq sovuq va xavf xatar. Ba’zi ta’birchilar shunday deganlar: qora uzum Alloh Biroq aksar ta’birchilar uni yoqtir maydilar. Aytilishicha, uzum Nuh (a.s.) farzandi oldida bo’lgan.

Otasi uni chaqirganda, rangi oppoq bo’lgan. Bas, rangi o’zgargach, uning atro fidagi uzumlarning rangi ham o’zgargan. Qoraning asli shundandir. Har mavsumda teriladigan va uni buzadigan vaqt va mag’zi (javhari) bo’lmagan mevalar yaxshilik belgisi.

Mayiz (uzum) va xurmo shular jumlasidan. Bir vaqt (mavsum)da bo’lib, boshqa mavsumda bo’lmaydigan mevalar, o’z mavsumida yaxshilik, boshqa mavsumda bo’lsa, yaxshilik belgi si emas. Asli makruh (yoqinqiramaslik)ga dalolat qilgan.

Meva o’z mav sumida g’amkulfat, boshqa mavsumda kasallik. Anjir shu jumlaga ki radi. Chunki Odam (a.s.) uning yaprog’idan (savat) to’qib, daraxti yonida pushaymon va g’amgin o’tirar edi.

U har mavsumda anjir daraxti va barglarini odat qilib olgan edi. Mevalarning sariq tusda bo’lganlari kasallik. Behi, do’lana va qovun kabi. Agar nordon bo’lsa, tanovul qiluv chining qamchi bilan kaltaklanishi.

(Visited 21 364 times, 8 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика