Imom tushda

Imom tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Imom tushda Ibn Sirin: Adolatli boshliqning biron joyga kirishi shu erga adolat va barakaning kirishidir. Agar jabrli bo’lsa, fasod va musibatdir.

Kim adolatli boshliq bilan birga uning dasturxonida ovqat esa, egan taomi mikdoricha dinu dunyosida yaxshilik va sharaf ga erishadi. Sulton va podshoh ham imom kabidir.

Kim tushida qiyomat qoim bo’lganini ko’rsa, Allohning adolati u ko’rgan mavzega yoyiladi va u erda qoim bo’ladi. Agar ushbu mavzening aholisi zo limlar bo’lsa, ulardan intiqom olinadi.

Agar mazlum bo’lsalar, g’alaba qozonib, o’rtalaridagi ish echim topadi. Chunki qiyomat kuni yaxshi yomonni ajratish va adolat kuni dir. Kim ushbu kunda Alloh azza va jallaning oldida turgan holda o’zini ko’rsa, bu ham yuqorida zikr qilinganidek bo’lib, ishning eng qattiq va kuchlirog’idir.

Qabrlardan chiqish, qabr ahlining tirilishi yoki quyosh mag’ribdan chiqishi kabi alomatlardan birini ko’rsa ham shunga o’xshaydi. Kim tushida jannatga kirganini ko’rsa, bas, u odam Alloh xohlasa jannatga kiradi.

Bu unga o’zi uchun olib kelgan yoki olib keladigan yaxshiliklari sababli jannat bashorati dir. Agar jannat mevalaridan biri unga etganini ko’rsa yoki jan nat taomlaridan unga etganini ko’rsa, yo unga boshqasi bersa, ular yaxshi va ezgu amallari bo’lib, shu miqdorcha yaxshilik va ezgulikka erishadi.

Agar unga jannat mevasi yoki taomi etsayu, undan birontasini ema sa, yo uni eydigan joyga etisha olmasa, dinida ilm va yaxshilikka erishadiyu, undan naf ko’rmaydi. Agar uni boshqasiga bersa, ilmidan boshqasi foydalanadi.

Jannatning bog’chasi va binolari jannatning hay’ati kabidir. Ya’ni jannatning bog’chasi yoki binosini ko’rish jannatni ko’rish hukmidadir. Jannat hurlari ularning chiroyi mikdoricha yaxshi amallardan iborat ishlaridir.

Kim o’zini jannatda ko’rib, qachon kirganini bilmasa, doim ne’mat sohibi bo’lib ishlari da omad kelib, Alloh xohlasa yaxshilikka yuradi. Kim o’zini jahan namga tushgani, (na’uzu billahi min zalika) so’ng u erdan shu kuni qaytib chiqqanini ko’rsa, bu katga gunoh egalari uchun gunohdan qayt sin deb ogohlantirgan bo’ladi.

Agar tushida do’zaxni ko’rsa va unga do’zaxdan biror zarar etmasa, do’zaxdan unga etgan mikdorda unga eta digan balolari va g’amlaridir.

U erda doim bo’lib qachon kirganini bilmasa, to undan chiqquncha xorlangan holda ishi parchalanib unga qiyinchilik bardavom bo’lishidir.

Agar do’zax taomi yoki ichimligidan tanovul qilayotganini ko’rsa yoki unga do’zax issiqligi yo azob beruvchi farishtalardan aziyat etsa, bularning barchasi undan sodir bo’lgan gunoh amallardir. Imom Qoyruvoniy dedi:

jahannamga kirgan odam kasal bo’lgan kofir bo’lsa o’ladi. Taqvodor mo’min bo’lsa, isitma kasa liga uchraydi. Chunki isitma kasalligi jahannam issig’ligidandir.

Namozdagi imom

AnNobulsiy: Uni ko’rish xavfga ham dalolat qiladi. Ko’pincha oliy qadr, boshlikdik, amru ma’ruf va nahiy munkarga ham dalolat qiladi. Shuningdek, bola, ona yoki ustozga ham dalolat qiladi.

Kim tushida imomga aylanib qolib, odamlar bilan jumada komil tahorat bilan qiblaga qaragan holda ziyoda ham nuqson ham qilmay to’g’ri namoz o’qisa, bas agar rahbarlikka loyiq bo’lsa rahbar bo’ladi.

Yoki odamlarga foydali narsa uchun boshliqlik qilib, shu ishni amalga oshiradi. Agar qibladan boshqa tarafga qarab namoz o’qisa, do’stlariga xiyonat qilib biron bid’atni paydo qiladi.

(Visited 15 230 times, 16 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика