Burun tushda

Burun tushda korsa nima bo’lishi haqida to’liq ma’lumot

Burun tushda Ibn Sirin: Aytilishicha, u erkak uchun chiroydir. Shuningdek, u kishining yaqin qarindoshidir. Kim tushida o’zini burunsiz holda ko’rsa, uning qarindoshi yo’kdir.

Kim o’zini tushida ikki burinli holda ko’rsa, u va axdi o’rtasida boqiy bo’ladigan ixtilofga ishoradir. Chunki burun yolg’iz emas. Agar shirin hid hiddasa, unga etgan musi batning ketishiga dalolat qiladi.

Agar tush ko’rgan xotin homilador bo’lsa, farzand ko’radi. Aytilishicha, u bola ulug’lik, hasab va ota onadir. Burunga kiradigan narsa davo deb ta’vil qilinadi. Kim o’zini burnini xartumli holda ko’rsa, bu kuchli hasabga dalolat qiladi.

AnNobulsiy: U hid sezuvchi a’zo bo’lib, undan badanga shirin hid va havo etgani bois rohat joyidir. Tushda uning chiroyli bo’lishi va shirin hidlarni tez payqashi rohatga dalildir.

Tushdagi burun mol, ota, bola, aka, er, sherik yoki ish yuritzgvchidir. Kimning burni chiroy li bo’lsa, bu yuqorida zikr qilib o’tilganlardan qaysi biriga dalolat qilsa, shu odamning holati go’zal ekaniga dalolat qiladi.

Uning qora yo katta bo’lishi xorlik va qahrga dalolat qiladi. Tushda yuz yoki badan ning biron joyida ko’p burunlarni ko’rmoq, rohatlarni yangidan bo’li shi, ko’p bolalar va tobelarga dalildir.

Kim tushida burnini temir yo oltindan ekanini ko’rsa, sodir etgan gunohi sababli unga bir ofat etishiga dalolat qiladi. Chunki gunohkorlarning burunlari kesiladi. Agar tush ko’rgan odam tijoratchi bo’lsa, buning ma’rifatiga va ko’p foyda ko’rishiga dalildir.

Ba’zan tilidan keladigan xabarga ham dalolat qiladi. Shuningdek, hech kim bilmagan xabarlarni olib keluv chi josus odamga va jinsiy a’zolarga dalolat qiladi. Ba’zan tush ko’ruvchini yuragi siqilib kasal bo’lishiga dalolat qiladi. Shuning dek, ahmokdik, kibr va maqtovga ham dalolat qiladi.

Ibn Sirin: Kim tushida burni kesilganini ko’rsa, unga obro’si to’kiladigan gap gapiriladi. Aytilishicha, burun tagidan kesilishi burni kesilgan odamning o’zini yoki agar homilador bo’lsa, xotini vafot etishiga dalil bo’ladi. Tijoratchi burni kesilganini ko’rsa, tijoratida zarar ko’radi.

(Visited 2 931 times, 2 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика