Asal tushda korsa

Asal tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Asal tushda Nobulsiy: U uyquda halol merosdan bo’lgan mol yoki g’animatdan bo’lgan mol yoki sheriklikdan bo’lgan moldir. Asal din ahl uchun dinning halovati, Qur’on tilovati va yaxshi amallardir.

Dunyo ahli uchun mashaqqatsiz g’animatga erishishdir. Asal unda mashaqqat bor tarafdan bo’lsa oz rizkdir. Agar kishi osmondan asal yog’ayotganli gini ko’rsa, bu dinning salohiyatiga, shuningdek, barakaning umumiyligiga dalolatdir.

Gohida asal ayol yoki erning asiyla yaqinlik qilishiga dalolat qiladi. Hadisda: «Hatto sen uning asilasidan va er sening asilangdan totgunlaricha», deyilgan. Gohida asal g’amg’ussa, hasad va ularning hiylasidan himoyalanishiga dalolat qiladi, chunki asalga pashsha, zanbur va chumolilar o’rmalashadi.

Olov yonidagi toza asal qiyinchilikdan keyingi kenglik, oyikuni to’lgan farzand, iddasi tugagan ayol, zakot bilan tozapokiza bo’lgan mol, bid’at va shubhadan xoli ilm va undan keyin zalolat bo’lmaydigan hidoyatdir. Sof asal moldir. Bir rivoyatda ayollarga erishishda chekilgan mashaqqat yo’lidagi moldunyodir. Asal kasallikka shifodir. Bir rivoyatda: Asal eyish do’stni quchish va bo’sa olishga dalolat qiladi.

(Visited 3 147 times, 1 visits today)
Оцените статью
Tush tabiri
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика